HTML JAVA SCRIPT

HTML

пятница, 9 октября 2020 г.

ОМАДСИЗ ОШИҚ



Ушбу қиссада ўтган асрнинг олтмишинчи-етмишинчи йилларида юртимизга хос ижтимоий-сиёсий, маънавий-маърифий ҳаёт бир
қишлоқ йигити Баҳромнинг соддагина, беғубор севгиси кечинмаларига уйғунлаштириб берилган. Асар қаҳрамонининг оддий, тортинчоқ ўқувчиликдан ўқимишли, зукко, гапга чечан, маънавий етук, жисмонан чи-
ниққан журналист даражасига етишиши ва асар сўнгида ўз мақсадига машаққатлар билан эришиши акс эттирилган.
Қиссада қаҳрамоннинг муҳаббати кутилмаган тўсиқларга дуч ке-
либ, севиклисидан жудо бўлиши саргузашт-детектив воқеликлар билан боғлаб баён этилган.
Асардаги воқеалар қисман реал воқеаларга асосланган. Китобхон
улар билан танишаркан, тарбиявий, маънавий кўникмаларга эга бўлади, деб умид қиламиз.

ERTAKLAR BO‘STONI



Ertaklar hayot haqiqatlarini xayoliy va hayotiy tasvirlovchi betakror janr. Oʻzbek xalq ertaklari ham xalqning
orzu-umidlari va kundalik hayot haqiqatlari bilan uyg'unlikda yaralgan. Shu jihati bilan u kattalarga ham, kichik yoshda-
gi bolalarga ham birdek yoqimli
, qiziqarli. Ertaklarning ana shunday umrboqiy xislatlarini inobatga
olgan holda Oʻzbek xalq ertaklarini davomli to'plam tarzi-
da e'tiboringizga havola etishni maqsad qildik. Ertamizning egasi boʻlgan yosh kitobxonlarimizni xalq o'zaki ijodi bilan yanada yaxshiroq tanishtiradi, qolaversa, ularning nutqini boyitishga, ravonlashtirishga va zakovatini kuchaytirishga
beminnat xizmat qiladi, degan ma'noda ertaklar orasiga topishmoqlar ham kiritdik.
Ushbu toʻplamni keng kitobxonlar jamoasi xursandchilik bilan kutib oladi, degan umiddamiz.

SO‘NGI O‘Q SAVOHIL QISSALARI



Tohir Malikning «Savohil» hamda «So'nggi o‘q» qissalari oʻzbek kitob-xonlari uchun yaqin o'tmishimizga bir nazar boʻlib, tarixiy voqealar
asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdir. Qismat va zamonning achchiq toʻlqinlariga tashlangan qahramonning temir bardoshiga tan bermay ilojimiz yoʻq. Tog'dek g`amlar ostida ham eng buyuk sharaf - inson boʻlib qolish darsini oʻrganamiz.
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti ja-
moasi, bu ikki oʻlmas asar kitobxonlarga ruhiy ozuqa va zavq beradi, degan umiddalar.

среда, 7 октября 2020 г.

Маймунлар мамлакати ёхуд ёввойилар орасида




  Ушбу китобда атоқли ёзувчимизнинг ижоди давомида ёзган Ҳикоялари жамланган. Сиз бу ҳаётий, ҳақиқат ҳайқириб ай-
тилган ва битилган битикларда кечмиш замону макон, давру
давронлар шарпаси, бугун ва келажак нафасини туясиз. Ин-
сон аталмиш яратиқнинг некбину худбин идрокининг маҳсули
саналмиш хайрлию хайрсиз давранишлари, ҳаёт ва ўлим ора-
сида бошини тошга уриб елиб-югуришию чирпинишларига
шоҳид бўласиз.

Қалб ҳаловат топмаса...



Америкалик машҳур руҳшунос олим Дейл Карнеги (1888-
1955)нинг асарларини ўзбек китобхонига етказиб бериш учун
жуда кўп таржимонларнинг меҳнати сингган. Қўлингиздаги
китобни эса ҳассос ижодкорларимиздан бири Хайрулло Қосим эркин таржима қилишга жазм этган эди. Лекин китобнинг жамланган ушбу нашрини кўриш (Аллоҳ раҳматига олган бўлсин) муаллифга насиб этмади.
Таржима ўқувчиларда мароқли таассурот қолдиришига
Ишонамиз.

Hurkitilgan tush



Ular ancha narsaga ega bo'lishdi. To`y qilishdi, ota-onasi xohlaga-
nicha, Nasiba istagancha orzu-havas koʻrishdi. Hammasini taomil-
dagidek, Qars-badabang“ qilishdi. Hammasini! Bir narsani unutib
qoldirishdi. Quyoshning oʻlchovi boʻladimi! Nurning vazni-chi? Baxt-
ning tarozisi-chi?..
Nasibaning ko'zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. Nega?! Bu hi-
koyaning yozilganiga qirq yil boʻlibdi. Lekin mavzusi eskirmagan.
Ayni bugungi kunning mavzusi. Toʻylardagi dabdababozlik muam-
mosi.
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning ushbu to'plam-
dan oʻrin olgan hikoyalari siz-u bizni o‘ylashga, fikrlashga chorlaydi.

NOVDA



 Bu jurnal 6+ bolalarga mo‘ljallangan yozgi ta'tillarini mazmunli o‘tishlari va uyda mustaqil dars bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun. 

http://akmbtlib.unaux.com/?rcpig=90