HTML JAVA SCRIPT

HTML

O‘ZBEK XALQ MAQOLLARI



SO'ZDAN SO'ZNING FARQI BOR
Til, falsal va badiiy ijodning o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo'lgan bir janridir. Har biri tilimiz ko'rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz mantiqini
hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlari, qisqasi, o'zi va o'zligi to'la namoyon bo'lgandir. Shuning uchun ham maqollar g'oyatda keng tarqalgan bo'lib, asrlar davomida jonli so'zlashuv va o'zaro nutqiy munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik adabiyotda doimiy ravishda qo'llanilib kelgan va qo'llanmoqda. Yillararo, davrlararo ularning yangilari yaratilib turgan, eskilarining - jonli muomalada, tilda
mavjudlarining ma'no doirasi kengayib yoki torayib borgan. Hatto
ularning muayyan qismi unutilib ketgan. Chunki o'zbek xalqining
bunday ulkan folklor merosi folkloristik nuqtayi nazardan keyingi
asrlargacha deyarli to'planmay va o'rganilmay kelgan. Bundan xalq
maqollari o'tmish adiblari, oshirish va badiiy til ravonligini ta'min-
lash uchun undan foydalanish hamma zamon so'z san'atkorlarining diqqat markazida bo'lgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg'ozi Bahodirxon, Munis, Ogahiy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Avaz, Hamza, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek,
G'afur G'ulom va boshqa o'nlab ijodkorlarning asarlari sinchiklab
o'rganilsa, ularning tarkibida qanchadan qancha maqollar ba'zan
aynan, ba'zan o'zgargan holda mavjudligiga ishonch hosil qilamiz.
Tariximizda hatto maqolga maxsus, agar ta'bir joiz bo'lsa, folkloristik nuqtayi nazardan, garchi epizodik xarakterda bo'lsada, munosabatda bo'lingan hollarga ham duch kelamiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

http://akmbtlib.unaux.com/?rcpig=90