HTML JAVA SCRIPT

HTML

BAHOR BULBULLARINING CHAH-CHAHI



Tarjima bu san'at. Qalbni qalbga, tilni tilga bog'lash san'ati. Tarjima haqida soatlab gapirish mumkin. Uning asosiy maqsadi agar bu badiiy tarjima bo'lsa - bir millat vakilining tafakkur dunyosi, so'z boyligi, badiiy estetik qarashlarining mahsuli bo'lgan asarning asliyatiga imkon
qadar putur yetkazmay tarjima tiliga o'girish. Bu esa nihoyatda mashaqqatli vazifa. Badiiy asar tarjimonida qobiliyat bo'lishi kerak. U butun vujudi bilan asarni his
qilishi va ana shu hissiyotni yetkazib berish yo'lini izlashi, tinimsiz mehnat qilishi lozim.
Bugungi kunda o'zbek klassik va zamonaviy adabiyotidagi millatimiz ma'naviy qiyofasini ochib bera oladigan asarlarni chet tillarga tarjima qilish borasida birmuncha
ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda bevosita chet tillardan o'zbek tiliga tarjima qila oladigan iqtidorli ijodkorlar avlodi voyaga yetmoqda. O'zbek tarjimachiligini bir bog'ga
qiyoslasak, bu bog'da yangi nihollar bo'y ko'rgizmoqda.
Albatta, bugungi iste'dodli yoshlar orasidan bir kun kelib
yetuk tarjimonlar chiqishiga shubha yo'q.
Yosh tarjimonlarni tayyorlash masalasi hamisha dolzarb-
ligicha qolmoqda. «Yosh tarjimonlar maktabi»ni tashkil etish, iste'dodli yoshlar va malakali tarjimonlar o'rtasida ustoz-shogird an'analarini rivojlantirib borish katta ahamiyatga
egadir. 
Ushbu to'plamga bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar, kuni-kecha bu maskanlarni tugallagan yoshlar, aksariyati yosh tarjimonlar maktab-
larida ustozlardan saboq olgan iste'dodli yosh tarjimonlarning
jahonning o'n tilidan, bevosita asliyatdan o'zbek tiliga o'girilgan adabiyot namunalari kiritilgan. Yosh tarjimonlarning mazkur to'plamdagi tarjimalari respublika matbuotida, chunonchi, «O'zbekiston adabiyoti va san'ati», «Kitob dunyosi» gazetalari, «Yer yuzi» jurnali va boshqa markaziy nashrlarda yoritilgan.
Yoshlarimizning ilk ijodiy mashqlaridan mamnun bo'lasiz,
degan umiddamiz.

Комментариев нет:

Отправить комментарий

http://akmbtlib.unaux.com/?rcpig=90