HTML JAVA SCRIPT

HTML

вторник, 18 февраля 2020 г.

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZINING KELIB CHIQISHI

AKM tarixi:
«TURON» kutubxonasi 1913 yilda toshkentlik ma’rifatparvar jadidlarning shu nomdagi jamiyati asosida tashkil bo‘lgan. 1918 yilda uning mustaqil ommaviy kutubxona sifatida ochilishi bo‘ldi.
Kutubxona jamg‘armasiga taniqli o‘zbek ma’rifatparvarlari Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Yusuf Alievlar o‘z shaxsiy kitoblaridan sovg‘a qilishgan. Ular shoir, dramaturg, jurnalist Abdulla Avloniy boshchiligida «TURON» jamiyatiga asos solishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi "Respublika aholisiga axborot-kutubxona xizmatlarini tashkil etish 4to‘g‘risida" gi PQ-381 sonli qarori asosida   Toshkent viloyati ilmiy universal kutubxonasi negizida Toshkent viloyati «TURON» axborot-kutubxona markazi tashkil  qilindi.

AKM vazifasi:

AKM faoliyatining asosiy maqsadi:
  • aholini axborotga bo‘lgan extiyojlarini zamonaviy va yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmati bilan ta’minlash;
  • erkin bilim va axborot olish;
  • shaxsning rivojlanishi, mustaqil bilim olish, madaniy faoliyat va dam olishi uchun sharoit yaratish;

AKM faoliyatining asosiy vazifalari:
  • zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlarni olish manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta’minlash tamoyili asosida aholini, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma’naviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot-resurslar bazasini yaratish;
  • milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda O‘zbekiston xalqlarining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosi saqlanishiga ko‘maklashish;
  • axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini joylarda amalga oshirishda ishtirok etish, hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda takliflar va tavsiyalar ishlab chikish;
  • hududda faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazlari va kutubxonalarga metodik yordam ko‘rsatish. Ular ishini muvofiqlashtirish, axborot-resurslari bilan o‘zaro almashish, foydalanish borasida hamkorlik olib borish;
  • hudud aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shakllari va metodlarini takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalariga yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali taqdim etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • elektron axborot-ma’lumot xizmatlari tashkil etish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalangan holda axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • axborot-kutubxona resurslaridai masofadan foydalanishni tashkil etish, elektron xizmat ko‘rsatishni joriy qilish. Milliy kutubxona axborot-resurslarining ma’lumotlar bazasiga ulangan holda viloyat yig‘ma elektron katalogini hamda elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
  • axborot-kutubxona fondini tizimli to‘ldirib borish, nashrlarning bibliografik yozuvini yuritish;
  • nodir va alohida qimmatga ega nashrlarni ehtiyotlab saqlash, konservatsiya va restavratsiya qilish ishlarini tashkil kilish va shu sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy kilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyat boshqarmasi, mahalliy nashriyotlar, kitob savdosi va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
  • axborot-kutubxona sohasida yuqori malakali kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tizimli tadbirlar olib borish;
  • Axborot-kutubxona markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, axborot-kutubxona sohasida zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish.

http://akmbtlib.unaux.com/?rcpig=90